Qidiruv

×

Sayt rangi

Ovoz

Shrift

×

Main
Main
Main


Change language


For the disabled

Site color

Ovoz

Shrift

Yagona telefon raqami : (71) 210-20-02 Kredit uchun onlayn ariza

O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq- o‘tkazib yuborilgan imkoniyat!

Yangilangan sana: 03.01.2020

Pul mablag‘laringizni boshqaring

Plastik kartochkadagi kirim va chiqim amaliyotlari SMS orqali uyali aloqa telefoningizga kelib turadi

Qulay to‘lovlarni amalga oshiring

Respublikamiz bo‘ylab qulay va tez naqdsiz to‘lovlarni amalga oshiring

Biz xavfsizligingiz haqida qayg‘uramiz

Plastik kartangiz yo‘qolgan taqdirda mobil ilova orqali bankka murojaat qilmasdan bloklang

Plastik kartochkalar yordamida siz:

Savdo terminallari o‘rnatilgan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida mahsulotlar haqini to‘lash

Kartochkadagi pul mablag‘larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o‘tkazish

Banklar kassasi va bankomatlar orqali naqd pul mablag‘lari olish. Kartada mavjud bo‘lgan qoldiq mablag‘lar doirasida tasarruf qilish mumkin

Kartochka hisobiga naqd pul mablag‘larini kiritish va kommunal xizmatlar haqini to‘lash

Plastik kartochkangizdagi operatsiyalar sir tutiladi

Xalq banki plastik kartochkasiga ega bo‘lishingiz bilan mablag‘ingiz xavf-xatardan xoli bo‘ladi. Bunda siz foydalanish uchun o‘zingiz tanlagan va xotirasiga kiritgan PIN koddan foydalanasiz, natijada o‘zga shaxslar plastik kartochkangizdan foydalanish ehtimoli batamom yo‘qoladi

Plastik kartani qayta tiklash uchun onlayn ariza

Kartaning shartlari nimalardan iborat?

Karta uchun to‘lov

Mavjud emas

Sug‘urta depoziti

15 AQSH dollari

Muddat

3 yil

To‘ldirish turi

Konvertatsiya amaliyoti orqali

Kartadan kartaga o‘tkazish

Mavjud emas

Operatsiyalar bajarish shartlari

Karta egasining topshirig’iga muvofiq hisoblangan o‘tkazmalar olinishi yoki to`lovlarga o’tkazilishi kabi amallar bajarish mumkin

Muhim shartlar

Karta egasining UzCard plastik kartalaridagi pul mablag`larini, shuningdek, bankdagi mavjud jamg`arma, muddatli karta hisobvaraqlaridagi mablag`larni ushbu kartaga qayta rasmiylashtirish orqali o`tkazishlari mumkin

Qo‘shimcha ma’lumot

Jismoniy shaxslarga oylik ish haqi, pensiya, FJBPT tushumlari, ijtimoiy to‘lovlar va stipendiyalar uchun birinchi marta bank kartalarini muomalaga chiqarish - bepul

Karta amal qilish muddati tugaganda, yo‘qolganda va shikastlanganda qayta muomalaga chiqarish - BHMning 15% miqdorida

Individual karta uchun - 50 000 so‘m

  • Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini qanday va qayerda ochsam bo‘ladi?
  • Men jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchamni yo‘qotib qo‘ydim, uni qanday qayta tiklasam bo‘ladi?
  • Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchamda yig‘ilgan mablag‘larni qachon, qayerda, qay holatda olishim mumkin?
  • Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘imdagi mablag‘larga foiz hisoblab qo‘shiladimi?
  • Menga 3200 raqamidan SMS keldi, bu nima?
  • Omonat ochish uchun qanday xujjatlar talab etiladi?
  • Muddatli va jamg‘arma omonatlariga foiz qanday tartibda hisoblanadi?
  • Omonat daftarcha yo‘qolganda nima qilinadi?
  • Omonat merosxo‘rga qanday tartibda beriladi?
  • Ishonchnoma bekor qilinganda bankni ogohlantirish kerakmi?
  • Kredit olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?
  • Ariza nechchi kunda ko'rib chiqiladi?
  • Kreditkar kimlarga ajratiladi?
Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini qanday va qayerda ochsam bo‘ladi?

“Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi  hamda “Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 238-sonli qaroriga asosan, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga hisobga olish “Davlat xizmatlari markazi” (Yagona darcha) yoki yagona davlat interaktiv xizmatlar portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi va onlayn rejimda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga hisobga olingani to‘g‘risida xabarnoma beriladi. Shundan so‘ng Xalq bankining sayti orqali “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma” chop etiladi.

 

Men jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchamni yo‘qotib qo‘ydim, uni qanday qayta tiklasam bo‘ladi?

Siz Xalq bankining sayti orqali “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma”ni chop etishingiz mumkin.

Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchamda yig‘ilgan mablag‘larni qachon, qayerda, qay holatda olishim mumkin?

Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan bo‘lsa, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar to‘la hajmda to‘lanadi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovi fuqaroning yashash joyida (propiska) joylashgan Xalq banki filiali orqali amalga oshiriladi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovini bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib olish mumkin.

Yoshga doir pensiya va nogironlik pensiya bo‘yicha mablag‘ oluvchilarning pensiya to‘lovini olish huquqi BTPJ (SOBES) ma’lumotlar bazasidan onlayn aniqlanadi.

Harbiy pensionerlar harbiy pensionerlik guvohnomasi, chet elga ko‘chib ketuvchilar chiqish varaqasi (listok ubitya), meros bo‘yicha oluvchilar notarial tasdiqlangan meros bo‘yicha guvohnomasi (yoki vasiyatnoma) va o‘lim haqidagi guvohnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘imdagi mablag‘larga foiz hisoblab qo‘shiladimi?

Xalq banki shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larga pul qadrsizlanishiga nisbatan yuqori sur’atlardagi stavkalar bo‘yicha foizlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab qo‘shadi. Foiz stavkasi Xalq banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishib, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar hisobidan belgilanadi.

Menga 3200 raqamidan SMS keldi, bu nima?
Soliq hisobotini jo‘natganda quyidagi holatlarda 137-sonli xatolik chiqishi mumkin:
• Xatolikda FJBP (INPS) hisobraqami ko‘rsatilgan xodimlaringizga jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqami ochilmagani (bunda my.gov.uz sayti orqali yoki davlat xizmatlari markazi orqali INPS hisobraqam ochadi);
• Soliq hisoboti ilovasida ko‘rsatilgan ayrim xodimlaringizga  (xatolikda INPS raqami ko‘rsatiladi) FJBP hisobraqami noto‘g‘ri ko‘rsatilgani;
• Soliq hisoboti ilovasida ko‘rsatilgan ayrim xodimlaringiznig (xatolikda INPS raqami ko‘rsatiladi) FJBP hisobraqami korxona xodimlar ro‘yxatiga biriktirilmagani uchun (bunda sayt orqali ERI kalit bilan kirib korxonaga biriktiradi);
• Soliq hisoboti ilovasida ko‘rsatilgan xodimlarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari miqdori hisobot oyida Xalq bankida o‘tkazilgan pensiya badallari miqdoriga mos kemasligi;
Omonat ochish uchun qanday xujjatlar talab etiladi?

Omonat ochish uchun mijozdan shaxsni tasdiqlovchi xujjat talab qilinadi.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno), xorijiy fuqarolarning pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi;

Muddatli va jamg‘arma omonatlariga foiz qanday tartibda hisoblanadi?

Bank tomonidan omonatlar bo‘yicha foizlar hisoblash “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1306, 30.01.2004 y.) asosida amalga oshiriladi.

       Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha hisoblanadi. Omonatchining hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lardan foydalana olmagan bo‘lsa, ushbu davr uchun foizlar hisoblamaydi.

Omonat daftarcha yo‘qolganda nima qilinadi?

Mijoz Bank boshqaruvchisi nomiga omonat daftarcha yo‘qolganligi yuzasidan ariza bilan murojjat qiladi. Omonat daftarcha yangi rasmiylashtirilib beriladi.

Omonat merosxo‘rga qanday tartibda beriladi?

Omonat merosxo‘rga omonat daftarchasi (omonat daftarchasi berilmagan yoki omonat daftarchasi yo‘qolgan hollar bundan mustasno), merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganda beriladi.

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma asosida omonat berilayotganda nazoratchi merosxo‘rning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini guvohnoma bilan solishtiradi hamda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasini olib qoladi.

Ishonchnoma bekor qilinganda bankni ogohlantirish kerakmi?

Omonatchi ishonchnomani istalgan vaqtda bekor qilish huquqiga ega. Ishonchnoma bekor bo‘lganligi haqida omonatchi (uning huquqiy vorislari) omonatdan foydalanish uchun ishonchnoma berilgan omonat bo‘yicha shaxsiy hisobvaraq ochilgan bank yoki uning filialiga yozma ravishda ma’lum qilishi shart.

       Ishonchnoma bekor bo‘lgan va bu haqda omonatchi (uning huquqiy vorislari) tomonidan o‘z vaqtida bankka yoki uning filialiga yozma ravishda xabar berilmagan hollarda, ishonchnoma bo‘yicha berilgan omonat uchun bank javobgar hisoblanmaydi.

Kredit olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?
  • Ariza
  • Qarz oluvchining pasport nusxasi
Ariza nechchi kunda ko'rib chiqiladi?

Kredit olish uchun hujjatlar to'liq taqdim etilgandan  so'ng uch bank ish kunida ko'rib chiqiladi.

Kreditkar kimlarga ajratiladi?
  • Kredit mehnatga layoqatli, doimiy ish joyiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va O'zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqarolarga beriladi.

 

Kreditlar Mikroqarz Overdraft Iste'mol kreditlari Ipoteka kreditlari Ta'lim krediti Kredit karta COBAGING GOLD CREDIT CARD Pensiya overdraft kartasi Kobrending (rejali to'lov) kartasi Expat-car EXPAT HOME (ipoteka kredit) Trade-in (avtokredit) Avtokredit Yuk motosikllari uchun kredit Ipoteka kredit Online Nano kreditlari Omonatlar Bolalar xazinasi Exclusive Exclusive-2 Stimul $ Xazina-3 (Onlayn Xazina-3) Online Exclusive Online Exclusive-2 Stimul Online kopilka "Sovrinli" yutuqli Barakali Expat-home Expat-home $ Expat-car Expat-car $ Aynan siz uchun $ Aynan siz uchun $ (35-65) Aynan siz uchun $ (70-95) Aynan siz uchun-2 (100kun-230kun) Aynan siz uchun-2 (235kun-365kun) Aynan siz uchun-2 (370kun-495kun) Xazina-3 (Onlayn Xazina-3) Xazina-3 (Onlayn Xazina-3) Avtokredit Vatanparvar 2 Yangi uy poydevori Progressive Plastik kartalar UZCARD EMV plastik kartasi HUMO plastik kartasi Overdraft pensiya plastik kartasi UnionPay kobeyjing kartasi Visa Сlassic kartasi Visa Сlassic Exchenge kartasi Kredit karta “Rejali to‘lov” kobrending kartasi MIR kobejing kartasi “CORPORATE” va “BUSINESS” xalqaro korporativ kobeyjing bank kartalari kobejing kartasi “GOLD CREDIT” kobeyjing bank kartasi Overdraft pensiya Humo kartasi Interaktiv xizmatlar Interaktiv xizmatlar reglamenti Fuqarolar murojaatlari Mijozlar uchun qo‘llanmalar Elektron navbat QR-code xizmati Namunaviy hujjatlar shakli Foydali havolalar Online qabuliga yozilish Bank tarifi Davomi Xalqaro pul o‘tkazmalari Lotereyalar Kommunal to‘lovlar Xalq Mobile Aksiyadorlar Pensiya Sayyor kassalarning mahallada pensiya tarqatish jadvali Overdraft plastik kartasi uchun ariza berish
Murojaat yuborish