Qidiruv

×

Sayt rangi

Ovoz

Shrift

×

Main
Main
Main
Main


Change language


For the disabled

Site color

Ovoz

Shrift

Yagona telefon raqami : (71) 210-20-02 Moliyaviy savodxonlik

O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq- o‘tkazib yuborilgan imkoniyat!

28/07/2020

Lotereya haqidagi mish-mishlarga rasmiy tushuntirish

Human.uz axborot portalida «Lotoreya ishqibozlari tashkilotchilardan norozi: Soliq qo‘mitasi aldayaptimi yoki Xalq banki?» sarlavhali maqola chop etildi.

Lotereyalar bilan ishlash faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va tashqaridan qaraganda, bir muncha yanglish fikrlarga olib kelishi mumkinligi tufayli, lotereya o‘yinlari ishtirokchilariga ularni qiziqtirgan savollar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishga harakat qilamiz.

Lotereyalarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari qonunchilik talablari bilan tartibga solinadi va amalga oshiriladi.

Jumladan, lotereyalar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda belgilangan me’yorlar asosida amalga oshiriladi.

Lotereyalar yutuqlari bo‘yicha soliqlarning hisoblanishiga izoh bersak. Darhaqiqat, 2020-yilga qadar amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan me’yorlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar lotereyalar yutuqlari bo‘yicha soliq to‘lamaganlar.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 377-moddasi 5-bandiga ko‘ra yutuqlar soliq to‘lovchining «Boshqa daromadlar»i sifatida tasniflanib, jismoniy shaxslarga yutuqlar, jumladan lotereyalar bo‘yicha har qanday pul yoki buyum yutuqlarining to‘lanishi davomida, qonun hujjatining 387 va 388-moddalarida soliq agenti, ya’ni bank tomonidan soliqlarning belgilangan tartibda hisoblanishi va soliq summasi ushlab qolinishi shartligi qayd etilgan. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan Soliq kodeksining 381-moddasiga ko‘ra 12% miqdorida daromad solig‘i hisoblanadi.

Shuningdek, qonun hujjatining 387-moddasi 2-qismi me’yoriga ko‘ra, o‘zi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad to‘lovchi soliq agenti jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida soliqni ushlab qolmaslikka haqli.

Bunda, soliq to‘lovchi moddiy naf tarzidagi daromad bo‘yicha ushbu Kodeksning 393-moddasiga muvofiq jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar sifatida soliqni to‘lashi shart.

Bundan tashqari, Xalq bankining lotereyalari haqida batafsil axborot olish manbasi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan www.lottery.uz rasmiy saytida amaldagi barcha lotereyalarni o‘tkazish shart va qoidalari, shuningdek yutuqlardan soliqlar hisoblash va undirish asoslari to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar joylashtirilgan.

Shuningdek, «Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablariga ko‘ra, sonli lotereyalarning shaffofligini ta’minlash uchun sonli lotereyalar tiraji sonlar, belgilar, boshqa qaydlarni yoki ularning kombinatsiyalarini tasodifiy tanlash yo‘li bilan, shuningdek o‘yinni o‘tkazish Shartlarida nazarda tutilgan u yoki bu voqealar natijasida amalga oshirilishi va sonli lotereyalar tirajining televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyatsiya qilmasdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilangan.

Xususan, tirajlarda yutuqli kombinatsiyalarni aniqlash televideniye studiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda, inson omili ishtirokisiz boshqariladigan lototron yordamida amalga oshiriladi va jarayon to‘liq efirga uzatib boriladi.

Yutuqlar tirajlari tarkibi uch kishidan kam bo‘lmagan Hay’at a’zolari nazoratida o‘tkaziladi. Har bitta tiraj natijasi bo‘yicha hisobot rasmiylashtirilib, tirajda ishtirok etish uchun Lotereyalarni boshqarishning markazlashgan tizimida ro‘yxatdan o‘tgan o‘yin kombinatsiyalariga taalluqli ma’lumotlar qayd etilgan CD disklar bilan birgalikda lotereyalar faoliyatini nazorat qiluvchi organ – Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etib boriladi.

Shuningdek, televideniye orqali yutuqlar tirajlarini doimiy kuzatib borayotgan ishqibozlar jamoatchilik, tashkilot va korxonalar vakillari, shuningdek, lotereyalarda «JACKPOT» yoki maxsus kategoriyalarda avtomobil yutug‘i sohibiga aylangan ishqibozlarimiz ham bevosita hay’at a’zosi tarkibida yoki kuzatuvchi sifatida ishtirok etib kelmoqda.

Xalq banki tirajoldi va tiraj jarayonlarini bevosita kuzatish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tiraj hay’ati tarkibida ishtirok etish yoki televideniye studiyasida bevosita kuzatib borish, tirajni o‘tkazishga doir barcha tashkiliy jihatlar, jumladan o‘yin kombinatsiyalarini LBMT dasturiy ta’minotida ro‘yxatdan o‘tkazilishi soat 14:00 da tugatilishi me’yorlari bilan tanishish imkoniyatini yaratishga tayyor. Buning uchun o‘yin ishtirokchilari bank Bosh ofisi Lotereyalarni tashkil etish departamenti bilan telefon orqali bog‘lanishlari kifoya.

Shuningdek, lotereya ishqibozlari xorijiy kompaniyalarda sonli lotereyalar tirajlarini o‘tkazish xususiyatlari bilan respublikamizda o‘tkazilayotgan lotereyalar tirajlarini solishtirish istagida bo‘lsalar, Youtube portalida ko‘plab yevropaliklar qiziqib ishtirok etadigan Italiyaning «SuperEnalotto», Ukrainaning «Megalot» yoki dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi lotereya ishqibozlari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan AQSh ning «Powerball» va boshqa ko‘plab davlatlarda o‘tkaziladigan lotereyalar tirajlari faqatgina boshlovchilar tomonidan sharhlab borilishining guvohi bo‘ladilar.

Hay’at a’zolari kadr ortidaligini, tirajlarning tomoshabinlarsiz o‘tkazilishini ko‘rsalar, balki shaffoflik, haqqoniylik, yutuq fondini shakllantirish va lotereyalarni o‘tkazishga doir ko‘plab jihatlar haqida solishtirma ma’lumotlarga ega bo‘lishlari barobarida, ayrim ishqibozlardagi shubha va ishonchsizlik kayfiyatlari o‘zgarishi mumkin.

Zero, Xalq banki o‘yinlar ishtirokchilarning lotereyalarga bo‘lgan munosabatlari va manfaatlarini qadrlaydi hamda ularning lotereyalarda g‘olib bo‘lib, quvonchli onlarining davomli bo‘lishi uchun yuqori saviyali xizmatlar ko‘rsatishga doim tayyor.

Bank Axborot xizmati

Obuna bo'lish
Kreditlar Mikroqarz Overdraft Iste'mol kreditlari Ipoteka kreditlari Ta'lim krediti Kredit karta COBAGING GOLD CREDIT CARD Pensiya overdraft kartasi Kobrending (rejali to'lov) kartasi Expat-car EXPAT HOME (ipoteka kredit) Trade-in (avtokredit) Avtokredit Yuk motosikllari uchun kredit Ipoteka kredit Online Nano kreditlari Omonatlar Bolalar xazinasi Exclusive Exclusive-2 Stimul $ Xazina-3 (Onlayn Xazina-3) Online Exclusive Online Exclusive-2 Stimul Online kopilka "Sovrinli" yutuqli Barakali Expat-home Expat-home $ Expat-car Expat-car $ Aynan siz uchun $ Aynan siz uchun $ (35-65) Aynan siz uchun $ (70-95) Aynan siz uchun-2 (100kun-230kun) Aynan siz uchun-2 (235kun-365kun) Aynan siz uchun-2 (370kun-495kun) Xazina-3 (Onlayn Xazina-3) Xazina-3 (Onlayn Xazina-3) Avtokredit Vatanparvar 2 Yangi uy poydevori Progressive Plastik kartalar UZCARD EMV plastik kartasi HUMO plastik kartasi Overdraft pensiya plastik kartasi UnionPay kobeyjing kartasi Visa Сlassic kartasi Visa Сlassic Exchenge kartasi Kredit karta “Rejali to‘lov” kobrending kartasi MIR kobejing kartasi “CORPORATE” va “BUSINESS” xalqaro korporativ kobeyjing bank kartalari kobejing kartasi “GOLD CREDIT” kobeyjing bank kartasi Overdraft pensiya Humo kartasi Interaktiv xizmatlar Interaktiv xizmatlar reglamenti Fuqarolar murojaatlari Mijozlar uchun qo‘llanmalar Elektron navbat QR-code xizmati Namunaviy hujjatlar shakli Foydali havolalar Online qabuliga yozilish Bank tarifi Davomi Xalqaro pul o‘tkazmalari Lotereyalar Kommunal to‘lovlar Xalq Mobile Aksiyadorlar Pensiya Sayyor kassalarning mahallada pensiya tarqatish jadvali Overdraft plastik kartasi uchun ariza berish
Murojaat yuborish